31/10/2018

Joriy yilning 31 oktyabr kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Baxodir Abdusalomovichning “Moody's Investors Service” xalqaro reyting agentligi vakillari bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda, O`zbekiston Respublikasining erkin kredit reytingini olish bilan bog`liq bo`lgan statistik ma`lumotlar doirasida xalqaro reyting agentligi vakillari tomonidan  qo`yilgan savollar muhokama etildi.

Xalqaro reyting agentligi vakillari uchrashuv davomida qo`yilgan barcha savollar bo`yicha to`liq javob va tushuntirishlar oldi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.

Axborot xizmati