23/11/2018

2018 yilning 23 noyabr kuni Davlat statistika qo`mitasida qo`mitaning Markaziy apparati va Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi xodimlari uchun yig`ilish tashkil etildi.

Mazkur yig`ilishda, Davlat statistika qo`mitasi xodimlarining 4-9 noyabr kunlari  Yevropaning erkin savdo assotsiatsiyasi va Shveytsariyaning Federal statistika boshqarmasi tomonidan Nevshatel shahrida (Shveytsariya) tashkil etilgan “Axborotlarni tahlil qilish va ma`lumotlarni modellashtirish” o`quv kursida ishtirok etishi yakunlari bo`yicha prezentatsiya taqdim etildi.

O`quv kursi ishtirokchilari ma`lumotlarni tahlil qilish va modellashtirish sohasida orttirilgan rivojlangan mamlakatlarning bilimlari va ilg`or tajribasi bilan hamkasblari bilan o`rtoqlashishdi.

Yig`ilish yakunida, orttirilgan bilim va ko`nikmalarni, Davlat statistika qo`mitasining Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazini mavjud o`quv kurslarini takomillashtirish va yangi o`quv dasturlarini yaratishda foydalanish qarori qabul qilindi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech