02/12/2018

2018 yilning 19-26 noyabr kunlari Koreya Respublikasining Tedjon shahrida statistika faoliyatini takomillashtirish bo`yicha qo`shma seminar o`tkazildi. Seminar Koreya Respublikasi statistika idorasi (Kostat) tomonidan Niderlandiya statistika xizmati bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda Kambodja, Myanmar, Boliviya, Bangladesh, Vetnam, Peru, Indoneziya, Ruanda, Filippin, Butan, Gana, Ozarbayjon, Qozog`iston va O`zbekiston Respublikasi statistika idoralari vakillari qatnashdilar.

Davlat statistika qo`mitasidan Axborotlarni tarqatish, xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig`i O.Mamadaliev ishtirok etdi.

Seminar davomida mamlakatlar statistika idoralarida biznes kuzatuvlarini tashkil etish bo`yicha amaliyot, xalqaro uslubiyot va ilg`or tajribalar ko`rib chiqildi.

Shuningdek, 2018 yilning 27-29 noyabr kunlari Koreya Respublikasining Inchhon shaxrida bo`lib o`tgan IHTTning 6-chi jahon forumida ishtirok etildi.

Forumda “Statistika, bilim va siyosat” mavzusida xalqaro tashkilotlar va mamlakatlar yetakchilari, ekspertlarning ma`ruzalari tinglandi va kun tartibidagi masalalar doirasida muhokamalar tashkil etildi.

Mazkur forumda Davlat statistika qo`mitasidan Axborotlarni tarqatish, xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig`i O.Mamadaliev va Axborotlarni tarqatish, xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari A.Sultanovlar ishtirok etdilar.

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech