02/12/2018

Davlat statistika qo`mitasida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – bosh qomusimiz” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.

Unda qo`mita rahbariyati va Markaziy apparat xodimlari hamda serqirra ijodkor, taniqli aktyor va yurist Otabek Mahkamov ishtirok etdi. Mazkur tadbirni Davlat statistika qo`mitasi Raisi o`rinbosari Mahmudjon Ziyadullaev ochib berib, mamlakatimiz Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, uning maqsad-mazmuni borasida tushuntirish berdi.

Tadbirda taniqli aktyor va yurist Otabek Mahkamov dunyodagi eng qiziqarli Konstitutsiyalar borasida ma`lumot berdi. Shuningdek, statistika qo`mitasi xodimlarining savollariga atroflicha javob berdi.

Tadbir so`nggida qo`mita rahbariyati tomonidan Otabek Mahkamovga davra suhbatida faol ishtiroki uchun alohida tashakkur bildirildi.

Axborot xizmati