18/12/2018

2018 yilning 3-13 dekabr kunlari “Ma`lumotlarni mobil aloqa vositasida yig`ish – CSPro Android” mavzusida Olma-ota shahrida o`quv seminar bo`lib o`tdi. Mazkur o`quv seminari AQShning aholini ro`yxatga olish byurosi tomonidan UNFPA, UNICEF, FAO, Osiyo taraqqiyot banki ko`magida tashkil etildi.

O`quv seminarida Davlat statistika qo`mitasining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig`i B.Shodiev hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshlig`i Sh.Odilov ishtirok etdi.

Mazkur seminarda aholini ro`yxatga olish tadbiri hamda statistik kuzatuvlarda mobil aloqasi vositalarini joriy etish va foydalanish, CAPI (planshet) yordamida yig`ilgan ma`lumotlarni sifatini ta`minlash, fodalanuvchi interfeysi va dasturlar oqimini mantiqiy dasturlashtirishdan foydalangan holda boshqarish, kuzatuvni boshqarish, nazorat qilish va ma`lumotlarni uzatish vositalarini yaratish kabi masalalar o`rganildi. 

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi