01/12/2020

Joriy yilning 1- noyabr holatiga, O‘zbekiston Italiyadan qiymati 1,9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini import qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 mln. AQSh dollariga kam.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1 noyabr holatiga O‘zbekiston 52 ta xorijiy davlatlardan qiymati 71,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini import qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,6 mln. AQSh dollariga ko‘p.

 impmeb

O‘zbekiston mebel mahsulotlarini eng ko‘p import qilgan davlatlar:

Koreya – 33,1 mln;  

Xitoy – 11,4 mln;

Turkiya – 9,6 mln;

Rossiya – 4,9 mln; 

Ukraina – 2,1 mln;

Italiya – 1,9 mln. AQSh dollari.

 

Mebel mahsulotlarini eng ko‘p import qilgan hududlar:

Toshkent shahri – 33,2 mln;

Andijon viloyati – 32,1 mln;

Toshkent viloyati – 2,5 mln;

Samarqand viloyati – 1,7 mln. AQSh dollari.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech