30/11/2020

Davlat statistika qo‘mitasining ma‘lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha jami 10,8 trln. so‘mlik ishlar bajarilib, jami qurilish ishlarining 15,0 % ini tashkil etdi.

Mazkur ko‘rsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori daraja Surxondaryo viloyatida kuzatilib, hududdagi jami qurilish ishlarining 26,0 % i yoki 974,6 mlrd. so‘m fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha bajarildi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyatida hududdagi jami qurilish ishlarining  24,2 % i yoki 432,7 mlrd. so‘m, Toshkent shahrida 21,4 % yoki 3220,5 mlrd. so‘m hamda Xorazm viloyatida 21,0 % yoki 516,5 mlrd. so‘m fuqarolik obyektlari qurilishi bo‘yicha ishlar bajarilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi hududlarida yo‘llar, ko‘priklar, muhandislik va suv inshootlarini qurish bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlari, jamiga nisbatan % da

quriluz

Axborot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech