20/03/2025

Navroʻz – tinchlik va totuvlik, yangilanish va yasharish, mehr-oqibat va hamjihatlik bayramidir. Ushbu fayzli ayyom tabiatga ko‘rk bag‘ishlagani kabi, insonlarning yuragiga ham quvonch olib kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu ulugʻ ayyom bilan samimiy muborakbod etadi!

Yangi kun – Navroʻz barchamizga baxt, xonadonlarimizga farovonlik, ishlarimizga muvaffaqiyat va ezgu niyatlarimiz ro‘yobini olib kelsin!

Hurmat bilan,
Milliy statistika qo‘mitasi jamoasi

navroz-tabrigi-lotin-800x600_p27611