Joriy yilning 6- fevral kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining iqtisodiyot fakulteti talabalariga davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu davra suhbatida Qashqadaryo viloyat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosаri S. Kaxxorov hamda Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi boshlig‘i A. Qurbonov, institut oʻqituvchi va talabalari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida aholini roʻyxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik taʻminoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlari, xorijiy davlatlar tajribalari va shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar toʻg‘risida batafsil ma’lumotlarni berib oʻtdi.
Davra suhbati qizgʻin bahs va munozaralarga boy boʻldi. Davra suhbati yakunida talabalarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.