Joriy yilning 4- yanvar kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Iqtisodiy statistika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun “Norasmiy va yashirin iqtisodiyotni statistik baholash natijalari” mavzusida master-klass tashkil etildi.
Master-klassda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i Abrorali Mamadjanov ma’ruza qildi.
A. Mamadjanov Statistika agentligi tomonidan norasmiy iqtisodiyotni baholashni takomillashtirish va yashirin iqtisodiyotni baholash yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga to‘xtaldi.
Ma’ruzada, norasmiy va yashirin iqtisodiyotni statistik baholash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan amalga oshirilgan hamkorliklar, tashkil etilgan maxsus tanlanma statistika kuzatuvlari va ularning natijalari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbir yakunida ma’ruzachi tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berib oʻtdi.