13/12/2024

2024-yil 12-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 3–4-dekabr kunlari BMTning Osiyo va Tinch okeani mintaqalari uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi tomonidan Tailandning Bangkok shahrida Shimoliy va Markaziy Osiyoda migratsiyaga oid dalillar bazasini mustahkamlash bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishi natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

1_-13_127j1a5348rtrt

2

Taqdimotda mazkur yig‘ilishda ishtirok etgan agentlikning Demografiya, mehnat va gender statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abrayev Sherzod Xurromovich Shimoliy va Markaziy Osiyodagi migratsiya bilan bog‘liq dolzarb masalalar, ya’ni migratsiya siyosati, migratsiyaning gender jihatlari, migrantlar integratsiyasi, pul o‘tkazmalari hamda pul o‘tkazmalari uchun xarajatlar bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari yuzasidan olgan bilim va ko‘nikmalarini agentlik xodimlariga yetkazdi.

3_-13_127j1a5329rtrtrt

4_-13_127j1a5338rtrtrtr

5_-13_127j1a5324rtrt

Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.