13/12/2024

Joriy yilning 12- dekabr kuni Statistika agentligi bilan birga “Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida Jahon banki vakillari o‘rtasida masofaviy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

7j1a5255rtrtrt

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjon Muratovich boshchiligidagi Markaziy apparat xodimlari hamda Jahon banki ishchi guruhi aʼzolari Obert Pimxitzay, Ikuko Uochi va loyihani boshqarish guruhi asosiy mutaxassislari qatnashdi.

7j1a5265trtrtr

Missiyaning maqsadi “Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida faoliyati samaradorligini oshirish, statistik maʼlumotlarni ishlab chiqarish jarayonlarini va tarqatish amaliyotini takomillashtirishdan iborat.

7j1a5292rerer

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi PQ- 4796-sonli qaroriga muvofiq, Jahon banki ekspertlari koʻmagida ishlab chiqilgan “2020–2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy  strategiyasi” tasdiqlangan edi.

7j1a5284tttt

Unga muvofiq, "Institutsional islohotlar va salohiyatni oshirish", "Statistika maʻlumotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish", "Jihozlarni yangilash, statistika maʻlumotlarini tarqatish amaliyotini takomillashtirish" kabi masalalar hamkorlikning dolzab vazifalari sifatida belgilangan edi. Shu bois, uchrashuvda ana shu masalalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va keyingi vazifalar muhokama qilindi.

7j1a5306trtrtr

Shuningdek, uchrashuvda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham koʻrib chiqildi. Muzokaralar yakunida tomonlar mazkur loyiha doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.