28/11/2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son qarorining 32-bandida Statistika agentligiga hisobot topshiruvchilar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari xodimlarining statistika yo‘nalishida savodxonligini oshirish vazifalari belgilangan edi.

photo_2024-11-27_13-27-52_p80504

Shu munosabat bilan, Qashqadaryo viloyatida 2024-yilning 27–29-noyabr kunlari “Statistika” yoʻnalishida maxsus sayyor oʻquv kursi tashkil etildi.

Mazkur sayyor oʻquv kursida Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti “Statistika” kafedrasining dotsenti Shavkat Jumaniyazov va Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining statistika hisobotlarini qabul qiluvchi mas’ullari oʻzlarining taqdimotlari va video darslari bilan qatnashdilar.

photo_2024-11-27_13-27-38_p39124

Shuningdek, tinglovchilarning statistika hisobotlarini tayyorlash va taqdim etish jarayonlarida yuzaga kelayotgan savollariga atroflicha javoblar berildi va muammoli vaziyatlarga joyida yechimlar koʻrsatildi.

photo_2024-11-27_13-27-48_p35033

Kurs yakunida faol tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.