05/11/2024

2024- yil 5-noyabrdan 11-noyabr kunlarida quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:

5-noyabr

12-korxona shakli  Tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar

12-korxona (savdo)  (12-korxona shakliga ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to‘g‘risida hisobot. Hududiy alohida bo‘linmalarga ega yuridik shaxs bo‘lgan ulgurji, chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va ovqatlanish tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan tashqari)

12-korxona (xizmat) (12-korxona shakliga ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida hisobot Yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan tijorat tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan tashqari) hamda notijorat tashkilotlar

6-noyabr

12-korxona (sanoat)  (12-korxona shakliga ilova)  Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning  sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risidagi hisoboti “Hududgazta’minot” AJ

 

Eslatma: Statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish ma’muriy jarima solishga sabab bo‘ladi (O‘zR MJTK 215-modda).