Joriy yilning 29- oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Qirg‘iziston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining Narxlar statistikasi ixtisoslashtirilgan boshqarmasi mutaxassislari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Qirg‘iziston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi o‘rtasida ilg‘or tajriba almashish va ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etish sohadagi o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumida nazarda tutilgan. (2017- yil 6- oktabrda Toshkent shahrida imzolangan statistik ma’lumotlar).
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Umarov va boshqarma xodimlari hamda Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Aynura Nurboyeva ishtirok etishdi. Xalqaro hamkorlik bo‘limidan Lola Baymatova, Narxlar statistikasi boshqarmasi yetakchi mutaxassislari Baxtigul Bolotbekova, Aynura Isoqova va Damira Shatenovalar ishtiok etishdi.
Statistika agentligi vakillari o‘z hamkasblarini iste’mol tovarlari va ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksini, turar-joy ko‘chmas mulklari narxlari indeksini hisoblash amaliyoti bilan tanishtirdi va “O‘zbekiston Respublikasida narxlar statistikasi” mavzusida taqdimot qildi.
Taqdimot yakunlari bo‘yicha tomonlar 2021- yilning “Xarid qobiliyati pariteti (XQP) valyutalari bo‘yicha xalqaro taqqoslash dasturi”da ishtirok etish doirasida narxlar indekslarini shakllantirish, inflyatsiyani hisoblash va narxlar monitoringi amaliyotini joriy qilish amaliyotini muhokama qilishdi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.