2024- yilning 30- sentabr–4- oktabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi tomonidan “Aholini ro‘yxatga olish haftaligi 2024: Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar va ekspertlar guruhining yig‘ilishi” bo‘yicha seminar va ekspertlar guruhining yig‘ilishi tashkil etilgan edi.
2024- yilning 16- oktabr kuni Statistika agentligida Jeneva shahrida tashkil etilgan mazkur seminar hamda ekspertlar yig‘ilishi yakunlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimotda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi, Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi, Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi hamda Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Q. Berdiqulov va Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Dusnayevlar “Aholini ro‘yxatga olish haftaligi 2024: Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar va ekspertlar guruhining yig‘ilishi”da aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda ma’muriy ma’lumotlardan foydalanishning muhimligi, aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish natijalarini e’lon qilishda zamonaviy usullardan foydalanilganligi, aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish 2030- yil raundi tavsiyanomasini ishlab chiqish bo‘yicha maqsadli guruhlarning tayyorlangan takliflari bo‘yicha ishlar olib borayotganligi hamda aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish 2030- yil raundiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli rejalar tuzilganligi to‘g‘risida olingan bilim va ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.