13/09/2024

2024- yilning yanvar-iyul oylarida 18,4 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,3 ming nafarga yoki 30,9 % ga oshgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Germaniya fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:

dam olish – 15 303 nafar;

qarindoshlarni yoʻqlash – 2 189 nafar;

xizmat yuzasidan – 846 nafar;

tijorat – 44 nafar;

oʻqish – 20 nafar;

davolanish – 7 nafar.

13092024-germaniya

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech