Joriy yilning 16-yanvar kuni Namangan davlat universitetida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar bo`lib o`tdi.
Seminarda viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari – B.Xoliqov, Namangan Davlat universiteti dekan oʻrinbosari –A.Sobirxonov, statistika boshqarmasi mutaxassislar va talabalar ishtirok etishdi.
Seminar davomida respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, aholini ro‘yxatga olishda talabalarning ishtiroki bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi. Undan tashqari yakuniy ma’lumotlar talabalarning diplom ishi va ilmiy izlanishlarda foydalanish uchun dasturul amal bo‘lishi aytildi.
Talabalarning savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.