Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2015 yil 27 noyabrda qabul qilingan va Oliy majlis Senati tomonidan 2015 yil 4 dekabrda ma`qullangan “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunining 26-moddasiga asosan O`zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrdagi qabul qilingan “Davlat statistikasi to`g`risida”gi 441-II-sonli Qonuni 9-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Davlat statistikasi organlari Davlat statistikasi ishlari dasturini bajarishda davlat statistikasi organlariga ko`maklashishi shart bo`lgan boshqa davlat organlari hamda yuridik shaxslar bilan statistika ishlarini hamkorlikda bajaradi, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda bajaradi”.

Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash