Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

 

Yuklab ulish

 

Boshqarmaning vazifa va funktsiyalari

Andijon viloyati statistika boshqarmasi O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi yagona tizimi tarkibidagi hududiy davlat statistika organi hisoblanadi. Andijon viloyati statistika boshqarmasi Andijon viloyati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar, fuqarular va tashkilotlarning rasmiy statistik ma`lumotlarga bo`lgan talabini qondiruvchi, yaxlit progressiv statistik axborot tizimining fauliyatini ta`minlovchi davlat statistikasi sohasidagi yagona siyosatni amalga oshiradi.

Andijon viloyati statistika boshqarmasining asosiy vazifalari bo`lib quyidagilar hisoblanadi:

  • davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni amalga oshirish va statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta`minlash;
  • xalqaro standartlarga muvofiq bo`lgan yagona statistika metodulogiyasini hamda davlat statistika kuzatuvlari shakllarini joriy etish; ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to`g`risidagi statistika axborotlarini yig`ish, qayta ishlash, to`plash, saqlash, umumlashtirish va tahlil qilish;
  • Andijon viloyatidagi davlat organlarini va fuqarularning o`zini o`zi boshqarish organlarini, yuridik shaxslarni, davlat muassasalarini, shuningdek jamoatchilikni statistika axborotlari bilan belgilangan tartibda ta`minlash;
  • korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini, statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur bo`lgan iqtisodiy-statistik klassifikatorlar tizimini yuritishda ishtirok etish.

Andijon viloyati statistika boshqarmasi o`ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

    • davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni amalga oshirish va statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta`minlash borasida:
  • Andijon viloyatida statistik ma`lumotlardan foydalanuvchilarning talablarini o`rganishni hisobga ulgan hulda Davlat statistika ishlari dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlaydi;
  • davlat statistikasi tamoyillariga rioya etilishini va xalqaro standartlarga muvofiq bo`lgan statistik metodulogiyaning yagonaligini ta`minlaydi;
    • xalqaro standartlarga muvofiq bo`lgan yagona statistika metodulogiyasini va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini joriy etish sohasida:
  • davlat statistika kuzatuvlari shakllarini joriy etadi va davlat statistika kuzatuvlarini yagona statistika metodulogiyasiga qat`iy amal qilgan hulda o`tkazilishini ta`minlaydi;
  • statistika axborotlarining tezkorlik bilan qayta ishlanishi va uzatilishini ta`minlovchi yangi axborot-kommunikatsiya resurslari va texnulogiyalarini Andijon viloyati davlat statistikasi organlari fauliyatiga joriy etadi;
  • Andijon viloyati davlat statistikasi organlari kadrlarining malakasi oshirilishini va qayta tayyorlanishini tizimli asosda ta`minlaydi;
    • statistika axborotlarini yig`ish, qayta ishlash, to`plash, saqlash, umumlashtirish va tahlil qilish sohasida:
  • Davlat statistika ishlari dasturi va Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturining bajarilishini ta`minlaydi;
  • Andijon viloyatini, uning tuman va shaharlarini, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarining bajarilishi yuzasidan davlat statistika kuzatuvlarini amalga oshiradi;
  • qog`oz yoki elektron shakldagi davlat statistika hisobotlarini yig`ishni, uy xo`jaliklarini kuzatishni, ro`yxatdan o`tkazishlarni, bir martalik hisobga ulishlarni, so`rovlarni va boshqa kuzatuvlarni o`tkazishni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan tasdiqlangan shakllar va metodulogiyaga qat`iy amal qilgan hulda tashkil etadi va ta`minlaydi;
  • Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturida belgilangan makroiqtisodiy ko`rsatkichlarning statistik hisob-kitoblarini amalga oshiradi hamda Andijon viloyati bo`yicha eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar va hodisalarning dastlabki statistik tahlilini ulib boradi;
  • statistika va hisobot ko`rsatkichlarining tezkorligi, ishonchliligi, xulisligini, statistika axborotlarning qulayligi, ochiq-oydinligi va oshkoraligini kengaytirish bo`yicha chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta`minlaydi;
  • statistika ishlarini tashkil etishning statistika axborotlarini yig`ish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga davlat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining har qanday aralashuvini istisno qiladigan tizimini yaratish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
  • ulingan statistika ma`lumotlarining maxfiyligini, davlat sirlariga ega bo`lgan statistika ma`lumotlarining himoya qilinishini ta`minlaydi;
  • statistika axborot resurslarining xavfsizligini va davlat statistikasi axborot-hisoblash tizimining ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilinishini ta`minlaydi;
  • respondentlarni tasdiqlangan davlat statistika hisoboti shakllari to`g`risida xabardor qiladi hamda respondentlarni belgilangan miqdorda davlat statistika kuzatuvlari shakllarining blankalari, ularni to`ldirish bo`yicha tushuntirishlar bilan bepul ta`minlaydi;
    • belgilangan tartibda statistika ma`lumotlari bilan ta`minlash sohasida:
  • Andijon viloyati bo`yicha barcha foydalanuvchilarga ochiq statistika axborotini tarqatadi va ulardan foydalanish uchun teng sharoitlar bilan ta`minlaydi; statistika kuzatuvlari va rasmiy statistika ma`lumotlari masalalari bo`yicha axborot-tushuntirish ishlarini ulib boradi;
  • qonunchilikda belgilangan tartibda, shartnoma asosida Davlat statistika ishlari dasturida ko`rsatilganlaridan tashqari statistik, tahliliy, axborot va boshqa xizmatlar ko`rsatadi;
    • Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrini va iqtisodiy-statistik tasniflagichlarni yuritish sohasida:
  • tasniflashning yagona tizimi asosida Andijon viloyatida joylashgan yuridik shaxslarni hisobga ulish va identifikatsiyalashni, shuningdek Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrining samarali fauliyat ko`rsatishini ta`minlashda ishtirok etadi;
  • davlat statistika kuzatuvlarida statistik tasniflagichlardan foydalanishni ta`minlaydi va foydalanuvchilarga statistik tasniflagichlar va ularga kiritiladigan o`zgartirishlar to`g`risidagi axborotni belgilangan tartibda taqdim etadi.

 

Boshqarma qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funktsiyalarni ham bajaradi.

Ro`yxatga qaytish

Tugmani bosing Tinglash